Adib “Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissasida pamflet ruh – mohiyatidan. "Sotsializm sharoitida o‘tayotgan oltinchi kunimiz edi. Sizu biz bu tuzumning nimaligini bilamiz, albatta — non-namagini yeb katta bo‘lganmiz. Ammo hozir ko‘z o‘ngimizdagisi butkul bo‘lakcha edi. O’ziga xos. Avvalgilariga o‘xshamas. Bu mamlakatda shu tuzumning otasi ham, onasi ham, sohibu rahnamosi...
Hikmatlar. — Toshkent: Sharq, 2006. — 124 bet. Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari. To‘plovchi, nashrga tayyorlovchi va izohlarni tuzuvchi: Ahmad Muhammad.
Farmon bibi mehribon, ammo juda qattiqqoʻl ona boʻlib, oʻzining yetti oʻgʻli va ularning oilalari bilan bir hovlida yashaydi. Eng kenja oʻgʻliga tushgan kelin Nigora Farmon bibiga qarshi „qoʻzgʻolon“ koʻtaradi, boshqa kelinlar esa uni qoʻllab-quvvatlaydi. Farmon bibi kelinlariga yon berishga va ularning talablarini bajarishga majbur boʻladi.
Jahondagi buyuk so‘fiy faylasuflardan biri Fariduddin Attorni daho o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» asarida bunday ta’riflaydi: «Qushlar tilini tushunish olamda faqat bir zotga, Sulaymon payg‘ambarga nasib etgan edi. So‘ng uning vaziri Osaf tushundi-yu, ammo hech kimga tushuntirmadi. Shundan so‘ng charx aylanib, ming yillar o‘tib, olamga bir zot keldi. U qush...
Tashkent: ziyouz.com, 2015. - 30 p. Bu suratni hali tamom qilganim yo‘q. Qanday chiqishini hozircha aytish qiyin. Har kuni ilk saharda turib, xomaki etyudlarimni yana ikki-uch marta ko‘zdan kechirarkanman, tong sukunatida u yoq-bu yoqqa asta-asta yurib o‘yga cho‘maman. Yo‘q, hali ko‘nglimdagini topganimcha yo‘q, yana tag‘in ko‘p ishi bor. Bu surat hali ko‘ngildagi bir tilak,...
Chingizxonning oq buluti» — Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romaniga ilova qilingan qissa. Yozuvchi kitobxonlarni romanda taqdiri noma’lum bo‘lib qolgan Abutalip Quttiboev bilan qaytadan uchrashtiradi. «Chingizxonning oq buluti» qissasida ikki yo‘nalish – bir tomondan pok qalbli Abutalip bilan beshafqat Tansiqboev o‘rtasidagi murosasiz to‘qnashuv, ikkinchi tarafdan...
Toshkent: SMI-ASIA, 2009. — 323 b. — ISBN: 978-9943-17-003-2 Qirg‘iz xalqining mashhur farzandi Chingiz Aytmatov asarlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni bo‘lmasa kerak. Yarim asrdan beri bu zahmatkash yozuvchining qalamiga mansub «Jamila», «Sarvqomat dilbarim», «Oq kema», «Alvido, Gulsari», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» kabi qissalari, «Asrni qaritgan kun», «Qiyomat»...
Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. — 368 b. Taniqli shoir Miraziz A'zamning ushbu devoniga uning turli yillarda yozgan g'azallari, muxammaslari, ruboiylari, tuyuqlari, shu- ningdek, Sharqning daho shoirlari ijodidan tarjimalari kiritildi.
Toshkent: Sharq, 2008. — 411 s. «Usta va Margarita» romani g‘aroyib binosining bunyod etilishida Bulgakov iste’dodining bu uch turi bab-baravar yoinki deyarli bab-baravar xizmat ko‘rsatdi. Ularning har jihatdan chatishib, yagona daryo oqimiga qo‘shiluvi asarning eng yaxshi sahifalarini tashkil qilgankim, bu ayni vaqtning o‘zida nafaqat romanning, umuman olganda Bulgakov badiiy...
Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968. — 180 b. Ozarbayjon halqining buyuk farzandi jahon adabiyoti hazinasiga munosib hissa qo'shgan.
Turkchadan Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi Birinchi qism. To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Frantsuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. “Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi”, — degan edi u. Hech esimdan chiqmaydi:...
Qissa. — Toshkent: Sharq, 2005. — 128 b. O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni jonli tasvirlay oladi. Insonning ichki kechinmalarini o`quvchiga mahorat bilan yetkazib beradi. Uning ana shunday mahorat qalamga olgan asari "Bahor qaytmaydi" qissasidir. Asarda sevgi, ishonch, umid kabi go`zal tuyg`ular bilan bir qatorda, unga qarama-qarshi...
Toshkent: 2015. — 30 b. Aziz o’quvchim! Bu kitobchani qariyb qirq yil yozdim. Bular mening Kuzatuvlarim. O’ylarim… bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli. Xulosalarim... aslida, ularning har birini alohida asar qilsa ham bo’lardi-ku... mayli... Men bularni uzoq o’ylab yozganman. Iltimos, Siz ham kitobni shoshilmasdan, o’ylab o’qisangiz... O'tkir Hoshimov
Tashkent: FAN, 1993. - 128 bet. Ipak yo`li afsonalari. T. Buyuk ipak yo`li orqali dunyo madaniyatining beshigi bo`lgan mamlakatlar o`rtasidagi jug`rofiy va milliy to`siqlardan ustun. Ushbu maqolani Buyuk ipak yoʻli bilan birlashtirish taklif etiladi. Qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli
Tashkent: Istiklol, 1994. - 174 bet. "QOBUSNOMA" - Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-taʼlimiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-asr). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shams al-Maoliy Qobusning nabirasi Unsur al-Maoliy (Kaykovus, 1021 — 98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082 — 83) va "Nasihatnomai Kaykovus" deb...
Tashkent: Yangi Asr Avlodi, 2014. - 67 b. Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?.. “Alkimyogar” romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida. Asar muallifi — hozirgi zamonning...
E-to'plam, 2003 “Mukammal asarlar to'plami”ning mundarijasi quyidagicha: I tom. «Badoyi' ul-bidoya», devon. II tom. «Navodir un-nihoya», devon. III tom. «G'aroyib us-sig'ar», devon. IV tom. «Navodir ush-shabob», devon. V tom. «Badoyi' ul-vasat», devon. VI tom. «Favoyid ul-kibar», devon. VII tom. «Xamsa»ning birinchi kitobi «Hayrat ul-abror». VIII tom. «Xamsa» kitoblarining...
Hikoyalar. — Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2003. — 54 b. Hikoya jahon adabiyotining ham, zamonaviy o'zbek nasrining ham eng ixcham, dolzarb, hozirjavob va ayni chog'da mas'uliyatli janridir. O'zbek yozuvchilarining hikoyachilikdagi an'analari qanday davom ettirilayotir - bu ko'pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Vatanimiz mustaqilligining 12...
Tarixiy roman. — Toshkent: Sharq, 2005. — 671 b. Bog‘ juda orasta, yo‘lkalarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi. Lekin bu hammasi Xonzoda begimga juda omonat tuyuladi. Inisi Bobur qonli janglarda barpo etib ketgan ulkan davlat hanuzgacha hind yeriga teran...
Bakı: Hədəf, 2016. - 229 səh. — ISBN: 9000000060077 Yana Tatar Shigyre anthology. Tatarıstan Yazıçılar Birliyinin təqdim etdiyi materiallar, o cümlədən “Anthology of new Tatar poetry” (“Oktyabr”, Moskva-2015) kitabında yer alan mətnlər, habelə bir qismi gənc tatar şairlərinin şeir kitabları yaxud onlar tərəfindən biləvasitə göndərilən şeirlər əsasında hazırlanıb. Mətnlər,...
Roman. Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, olti-yetti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shoshapisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidek aftni hech yerdan, hatto otasidan ham topolmagani va shuning...
Roman ruschadan X.To'rabekov tarj. — T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1986. — 592 b. Oddiy bir duradgorning o’g’li Julien Sorel jamiyatda o’z aqli va fazilatlariga yarasha mavqega erishmoqchi bo’ladi. Biroq burjua jamiyati qandaydir fuqaro yigitning yuksalishiga yo’l qo’yarmidi deysiz? Romanda ezgulik bilan razillik orasidagi kurash bag’oyat zo’r kuch bilan tasvirlab...
Qissa. Tog’ay Murod Abdulla Qodiriy nomli Davlat mukofoti laureati, O’zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani XX asr o‘zbek ziyolilarining ko‘rgiliklari, dard-alamlari, fojialari haqidadir. Bu asar yozuvchining so'nggi romani bo'lib, ko'p yillik ijodiy izlanishlari in'ikosidir.
Roman. Kun oxirida quyosh choʻgʻday qizardi. U xuddi alanga olib, oʻz olovida yonib ketadiganga oʻxshardi. Tezda ufqqa yonboshlab, kahrabo nurlari bilan Long-Aylend-Saund boʻylab bir-birini quvlayotgan toʻlqinlar oʻrkachidagi koʻpiklarga sanchildi. — Shamol avjiga chiqayapti, — dedi Palmer keksa yaxtachiga qarab. — Tashvishlanadigan joyi yoʻq, — deya javob berdi qariya....
Toshkent: sharq nashriyot matbaa konserni, 2003. — 415 b. 1828-1905 yillarda yashagan fransuz yozuvchisi Jyul Vern o'zining ilmiy-fantastik va sarguzasht romanlari bilan shuhrat qozongan.
She’rlar. — Toshkent. G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. — 54 bet. In Uzbek (Latin alphabet). Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan shoirlardan edi. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlar, ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga...
Алмати: Жазушы, 2006. — 160 бет. — ISBN: 9965-764-30-1. Мазкур тўплам қозоқ халқининг буюк мутафаккир шоири Абай Қунонбоевнинг инсон ҳаёти ҳақидаги чуқур мулоҳаза юритувчи асари «Насиҳат сўзлар», шеърлари, достонларини қамраб олади. Шунингдек, тўпламда шоирнинг ҳаёти-ижоди ҳақида фикрлар билдирилган. Абайнинг ҳаётида содир бўлган инсонийликка доир айрим воқеалар ҳам ўрин олиб,...
Тошкент: Шарқ, 2008. — 408 б. «Уста ва Маргарита» романи ғаройиб биносининг бунёд этилишида Булгаков истеъдодининг уч тури баб-баравар ёинки деярли баб-баравар хизмат кўрсатди. Уларнинг ҳар жиҳатдан чатишиб, ягона дарё оқимига қўшилуви асарнинг энг яхши саҳифаларини ташкил қилганким, бу айни вақтнинг ўзида нафақат романнинг, умуман олганда Булгаков бадиий сўз санъатининг улкан...
Шеърлар. Эркин Воҳидов таржимаси. — Тошкент: Янги аср авлоди, 2007. — 35 бет. Персидские мотивы. На узбекском языке. Сергей Есенин рус адабиётида ўзига хос ўрин тутадиган, ҳассос шоир. ўз вақтида баъзи адабиётшунослар уни Пушкин билан ҳам тенглаштирганлар. Ўзбек китобхонларига шоирнинг кўркам манзарали ёруғ мажозлари яхши танишдир. Мазкур китобни олдинги нашрлар асосида қайта...
Тошкент: Юлдузча, 1987. — 400 б. Машҳур қозоқ ёзувчиларидан С. Муқонов билан Қ. Абдуқодировларникг «Чўлоқ полвон» ва «Ҳожимуқон» қиссаларида нафақат Ўрта Осиё, балки кўпгина хорижий мамлакатларда ҳам шуҳрат қозонган икки полвон ҳақида ҳикоя қилинади. Улардан бири Чўлоқ полвон номи билан машҳур бўлган ва Октябрь инқилобигача яшаб, озодликни қўмсаб ўтган Нурмағамбет бўлса,...
Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. — 152 б. Таниқли қозоқ шоири, СССР Давлат мукофоти лауреати, Қозоғистон Ёзувчилар союзининг секретари Жубан Мўлдағалиевнинг ушбу мажмуасига турли йилларда ёзган энг сара шеърлари, "Салом айтдим" ва "Сел" номли достонлари киритилди.
Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. — 88 б. Олатовсиз мени етим, чин етим деб билинглар, Бизнинг уйга келганда ҳам Олатов бўп келинглар. Бу сатрлар таниқли қозоқ номли Қозоғистон Давлат мукофоти ҳамда Қозоғистон Ленин комсомоли мукофотининг лауреати Туманбой Мўлдагалиев қаламига мансуб. Туманбой юрак-юраги билан қозоқ ери, қозоқ элига мафтун, шу билан бирга, қардошлик,...
Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1984. — 112 б. Таниқли қозоқ шоири Какимбек Салиқовнинг шеър ва достонлари ўзбек тилида биринча марта эълон қилинмоқда. Уларда Қозоғистон диёрининг бепоён далалари, гўзал табиати, меҳнаткаш одамлари, дўстлик ва биродарлик, ёшлик ва муҳаббат куйланади. Тўпламга унинг Ўзбекистон ҳақидаги шеърлари ва «Хонатлас» достони ҳам киритилди.
Тошкент: Ўзбекистон ССР Давлат адабиёт бадиий нашри, 1957. — 673 б. Буюк рус ёзувчиси А.П. Чеховнинг Танланган асалари тўпламига адибнинг “Чиновникнинг ўлими”, “Шум бола”, “Справка”, “Семиз ва ориқ” ва шу каби 60 дан зиёд ҳикоялари ўрин олган. Ўқинг ва завқланинг!
Comments