Roman.
Agar go‘rkov o‘sha kuni joyida bo‘lganida, olti-yetti yoshlardagi bir bolaning eshikdan kirib, shoshapisha qabriston oralab ketganini ko‘rgan bo‘lardi. Bu bola o‘sha tunda ziyorat qilgani kelib, onasining qabrini bilib olgan Ismoil edi. Undan boshqa bola bunga qodir emasdi. U dunyoda shu bir uyum tuprokdagidek aftni hech yerdan, hatto otasidan ham topolmagani va shuning uchunmikan otasi bilan o‘zi o‘rtasida begonalik paydo bo‘lganidan bu yerga keldi. Chopib keldi. Har kim ko‘ngilxushlik uchun shoshgan bayram ayyomida to‘yib-to‘yib yig‘lamoq, yillar ko‘ngliga cho‘ktirgan dardlarining bir qismini yengillatmoq uchun kelgandi Ismoil...