Chingizxonning oq buluti» — Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romaniga ilova qilingan qissa. Yozuvchi kitobxonlarni romanda taqdiri noma’lum bo‘lib qolgan Abutalip Quttiboev bilan qaytadan uchrashtiradi.
«Chingizxonning oq buluti» qissasida ikki yo‘nalish – bir tomondan pok qalbli Abutalip bilan beshafqat Tansiqboev o‘rtasidagi murosasiz to‘qnashuv, ikkinchi tarafdan esa, dunyoni larzaga keltirgan Chingizxonning fojiasi bir-biri bilan botiniy bog‘lanib ketgan.