Toshkent: SMI-ASIA, 2009. — 323 b. — ISBN: 978-9943-17-003-2
Qirg‘iz xalqining mashhur farzandi Chingiz Aytmatov asarlari kirib bormagan o‘zbek xonadoni bo‘lmasa kerak. Yarim asrdan beri bu zahmatkash yozuvchining qalamiga mansub «Jamila», «Sarvqomat dilbarim», «Oq kema», «Alvido, Gulsari», «Sohil yoqalab chopayotgan olapar» kabi qissalari, «Asrni qaritgan kun», «Qiyomat» romanlari butun jahonda katta shuhrat qozonib kelmoqda. Aytmatov asarlarining qahramonlari jasur, mard, halol, olijanob odamlardir. Ular hayotdagi turli illatlarga, jaholat, yovuzliklarga qarshi kurashadilar, adolat, haqiqatni qattiq turib himoya qiladilar. Ruhan boy bu qahramonlar boshidan kechirgan shiddatli voqealar tasviri har qanday kitobxon qalbini larzaga soladi, ularning ma’naviy yo‘ldoshiga aylanadi.
Chingiz Aytmatovning qo‘lingizdagi eng sara qissalari yosh o‘zbek kitobxonlarining eng yaqin do‘sti bo‘lib qoladi deb umid qilamiz.